2017 yilning 27 iyul kuni soat taxminan 10:30larda noma`lum shaxs, Sergeli tumani hududida joylashgan “Rixsivoy” kafesida mast xolda bo`la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan,fuqaro Mironova Lyudmila Petrovnaning ko`krak qafasi chap tarafiga o`tkir tig`li jism bilan tan jarohati etkazgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik, ya`ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, kishining sog`ligi uchun shikast etkazishi mumkin bo`lgan narsani qo`llab, tan jarohati etkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xamidxo`jaev Rixsivoy Erkinovich sodir etganligi aniqlangan.
Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismining har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.






