AQShning Mayami shahridagi Hard Rock stadionida International Champions Cup norasmiy turniridan o`rin olgan "Real" hamda "Barselona" klublari o`rtasidagi qiziqarli bahs o`z yakuniga etdi.
Prinspial raqiblar o`rtasidagi navbatdagi "El-klasiko" ham kataloniyaliklarning g`alabasi bilan yakunlandi. Yakuniy hisob 3:2. G`oliblar safida Messi, Rakitich va Pike gol urdi.
“Real” safida Kovachich va Asensio o`z nomini tabloga yozdirishga muvaffaq bo`ldi.
«Real» – «Barselona» – 2:3 (2:2)
Gollar: Kovachich 14, Asensio 36 - Messi 3, Rakitich 7, Pike 50
Ogohlantirishlar: Varan 22, Karvaxal 60, Luis Suares 60, Samper 78.
«Real»: Navas, Karvaxal (Xakimi 74), Ramos (Nacho 46), Varan (Valexo 46), Marselo (Teo 74), Kazemiro (M. Lorente 74), Kovachich (Sebalos 74), Modrich (Isko 46), Asensio (Vaskes 46), Beyl (O. Rodriges 74), Benzema (Mayoral 74).
«Barselona»: Sillessen, Pike (Maskerano 73), Alba (Din 73), Umtiti (Vermalen 63), Vidal (Semedu 63), Buskets (Samper 73), Inesta (Serxi Roberto 46), Rakitich (Alenya 73), Messi (D. Suares 63), Neymar (Turan 73), Luis Suares.






