Singapurdagi National stadionida International Champions Cup tijoriy turniri doirasidan o`rin olgan Londonning "Chelsi" hamda Milanning "Inter" klublari o`rtasidagi bahs o`z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 1:2 hisobida "neradzurrilar"ning g`alabasi bilan yakunlandi. E`tiborlisi barcha gollar milanliklar tomonidan kiritildi.
"Chelsi" - "Inter" 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 45 Yovetich, 0:2 – 53 Perishich, 1:2 – 74, avtogol Kondogbia.
"Chelsi" – Kurtua, Alonso (Ryudiger, 53), Aspilikueta, David Luiz, Mozes (Kuevas, 90), Fabregas (Pashalich, 90), Kante, Villian (Musonda, 65), Keyxill (Klark-Solter, 90), Batshuayi, Morata (Boga, 65).
"Inter" – Padelli, Miranda (Murilo, 71), D`Ambrozio, Nagatomo (Ansaldi, 71), Shkrinyar, Valero (Valietti, 77), Brozovich (Eder, 71), Kandreva (Kondogbia, 58), Perishich (Gabriel, 71), Galyardini, Yovetich (Joau Mariu, 58).






