AsosiyJamiyat

​TATU JURNALISTLARNI 1 AVGUST IMTIHONLARINI KUZATIShGA TAKLIF QILADI

'​TATU JURNALISTLARNI 1 AVGUST IMTIHONLARINI KUZATIShGA TAKLIF QILADI'ning rasmi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1 avgust kuni universitetda bo`lib o`tadigan test imtihonlarini keng miqyosda yoritish maqsadida, ommaviy axborot vositalari vakillarini jarayonlarni bevosita kuzatishga taklif qiladi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilda TATU mamlakatimiz oliy ta`lim muassasalari orasida ilk marotaba test sinovlarini o`tkazish joyida biometrik va pasport ma`lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish va boshqarish tizimini tatbiq qildi.

Biometrik axborotni olish, saqlash va ishlov berishga maxsus dasturiy ta`minot javob beradi. Biometrik pasport ma`lumotlari va barmoq izlari skaneri tekshiruvi asosida abiturientlarning ma`lumotlar bazasini yaratilishi va jarayonning avtomatlashtirilishi imtihonni nazorat qilish va boshqarish tiziminini osonlashtiradi. Bu tizim kirish imtihonlar o`tadigan OTM hududida begona shaxslar hozir bo`lishining oldini oladi.

2017/2018 o`quv yilida universitetda o`qish istagini bildirib, 12234 nafar abiturient hujjat topshirgan. Shundan, o`zbek guruhlariga 9688 nafar, rus guruhlariga 2536 nafar. 2016 yil bilan solishtirilganda, abiturientlar soni 1579 (14,8) nafarga oshgan. Joriy yilda TATU ga 1600 nafar talaba qabul qilinadi.

Test imtihonlari 9 ta obekt (TATU, Toshkent aloqa kasb-hunar kollejida, Yunusobod tumanidagi 63-, 70-, 86-, 220-, 250-, 260-, 272-son maktab binolari)da o`tkaziladi.

“Ommaviy axborot vositalari vakillarini test sinovlarini oshkora va shaffof, adolat mezonlari asosida o`tkazilishini nazorat qilish maqsadida, 1 avgust kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga taklif qilamiz”, deb yozadi universitet Axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar