AsosiyJamiyat

IChKI IShLAR VAZIRLIGI AKADEMIYaSIDA YoShLAR ITTIFOQI BOShLANG`ICh TAShKILOTIGA RAIS TAYINLANDI

'IChKI IShLAR VAZIRLIGI AKADEMIYaSIDA YoShLAR ITTIFOQI BOShLANG`ICh TAShKILOTIGA RAIS TAYINLANDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida O`zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkilotining ta`sis yig`ilishi bo`lib o`tdi.Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Akademiya professor-o`qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etdi, deb yozadi O`zA.

Akademiya boshlig`ining birinchi o`rinbosari O`.Muhamedov, Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug`bek tumani kengashi raisi Sh.Olimov va boshqalar yoshlarning huquq va manfaatlarini to`laqonli ta`minlash, ularning orzu-maqsadlarini yuzaga chiqarish yo`lida ulkan imkoniyatlar yaratilayotgani, yoshlarni qiynayotgan muammolarga echim topishga alohida e`tibor qaratilayotganini ta`kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 5 iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida"gi farmoni yosh avlod manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Ta`sis yig`ilishida kun tartibiga qo`yilgan asosiy masala Akademiyada O`zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkilotining etakchisi hamda Sardorlar kengashi tarkibini saylash bo`ldi. Malaka oshirish fakulteti o`qituvchisi Sirojiddin Berdiqulov Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti etakchisi etib saylandi.

Tadbir davomida tashkilot faoliyatini tizimli yo`lga qo`yish, yoshlarni qiynayotgan muammolarga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda echim topish bo`yicha taklif va tavsiyalar berildi.

    Boshqa yangiliklar