«Roma» klubi yarim himoyachi Raja Nainggolan bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. 29 yoshli futbolchi bilan 2021 yilga qadar mo`ljallangan kelishuv imzolandi.
Belgiyalik o`yinchi «Roma»da 2014 yildan buyon harakat qiladi. U rimliklar safida jami 161 o`yin o`tkazib, 27 ta golga muallif qilish uddasidan chiqa olgan.
Avvalroq, ushbu futbolchiga bir qator top-klublar qiziqish bildirayotgan edi, biroq italyan klubi o`z etakchisini qo`yib yuborgisi kelmadi.






