AsosiySport

ICC–2017. “REAL” KUTILMAGANDA YIRIK HISOBDA “MAN SITI”GA YuTQAZDI (VIDEO)

'ICC–2017. “REAL” KUTILMAGANDA YIRIK HISOBDA “MAN SITI”GA YuTQAZDI (VIDEO)'ning rasmi

International Champions Cup norasmiy turniri doirasida “Manchester Siti” jamoasi Ispaniya chempioni “Real Madrid”ga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo`limda hisob ochilmadi, ammo ikkinchi bo`limda muxlislar 5 ta gol guvohiga aylandi. Shulardan 4 tasini “shaharliklar” kiritishga erishdi.

G`oliblar safida Nikolas Otamendi, Raxim Sterling, Jon Stounz va Braim Dias gol urdi. "Real" a`zosi Oskar Rodriges o`yin yakunida bitta javob golini kiritdi.

Manchester Siti (Angliya) – Real Madrid (Ispaniya) 4:1 (0:0, 4:1)

Gollar: 1:0 – 52 Otamendi, 2:0 – 59 Sterling, 3:0 – 67 Stounz, 4:0 – 81 Braim Dias, 4:1 – 90 Oskar Rodriges.

Ogohlantirishlar: Ture (29), Nacho (33), Karvaxal (41), Nasri (88).

Manchester Siti – Ederson (Grimshou, 80), Uoker (Dyueyni, 70), Kompani (Mangalya, 46), Stounz, Danilo (Sane, 80), de Bryuyne (Zinchenko, 69), Ture (Roberts, 80), Foden (Nasri, 46), Otamendi (Adarabioyo, 80), Gabriel Jezus (Braim Dias, 69), Aguero (Sterling, 46).

Real Madrid – Navas (Kasilya, 46), Varan (Valexo, 62), Nacho (Asensio, 62), Marselo (Xakimi, 62), Karvaxal (Texero, 62), Kazemiro (Teo, 62), Modrich (Oskar Rodriges, 62), Isko (Sebalos, 62), Kovachich (Vaskes, 62), Beyl (Markos Lorente, 61), Benzema (Mayoral, 62).

    Boshqa yangiliklar