Singapurlik, 50 yoshli maniken Chuando Tan o`zining yosh ko`rinishi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.


U o`zining 50 yoshli yubileyini nishonlaganini ma`lum qilgandan keyin mashhur bo`ldi. Fotosuratlarda Chuando Tan 20 yoshli yigitni eslatadi. U hech qachon ertalab va kechqurun dush qabul qilmasligi yosh ko`rinishining asosiy sabablaridan biri ekanligini ma`lum qildi.

Shu bilan birga Chuando Tan muntazam ravishda sport bilan shug`ullanishini, to`g`ri ovqatlanishini ma`lum qildi. Ayni paytda modelning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini 200 mingdan ortiq odam kuzatadi.






