Xitoyning Fuszyan provinsiyasida o`g`ri kuzatuv kamerasini chalg`itish maqsadida arvohga o`xshab kiyindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
O`g`ri erkak yuzini parda bilan berkitdi, “maxsus libos”ni kiyishidan ilgari kuzatuv kameralaridan biri uning harakatlarini suratga olganidan bexabar qoldi. Polisiya omadsiz o`g`rini hibsga oldi. O`zining tashqi qiyofasi bilan band bo`lgan o`g`ri biror narsa o`g`irlashga ulgurmadi.






