AsosiyDunyo

AMERIKALIK ERKAK BALIQNI O`LDIRGANI UChUN QAMALDI

'AMERIKALIK ERKAK BALIQNI O`LDIRGANI UChUN QAMALDI'ning rasmi

Amerikaning Konnektikut shtatida yashovchi, 33 yoshli Xuan Vega oilaviy janjal tufayli akvariumdagi baliqni o`ldirganligi uchun to`rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Xuan Vegaga nisbatan to`plangan hujjatlar aprel oyida sudga oshirilganiga qaramay, hukm endi o`qildi. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, Vega turmush o`rtog`i bilan urishib qolib, mebellarni sindira boshlagan. Uning g`azabidan akvariumdagi baliq ham benasib qolmadi. Xuan baliqni olib, ikkiga bo`lgan. Mazkur voqeani 9 yoshli o`g`li kuzatib turgan. Polisiyachilarning so`zlariga qaraganda, baliqning o`ldirilishi bolaning ruhiyatiga qattiq ta`sir qilgan.

Xuan Vega hayvonlarga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo`lganlikda ayblanib, to`rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.

    Boshqa yangiliklar