NASA AQSh hududini to`liq qoplab oluvchi o`ziga xos Quyosh tutilishi paytida xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha bir qancha tavsiyalarni berdi, deb xabar qildi Tvzvezda.ru nashri.
21 avgust kuni AQSh aholisi anomal tabiat hodisasi bo`lgan, mamlakatning barcha hududlariga ko`rinadigan Quyosh tutilishi hodisasiga guvoh bo`lishadi. Bu AQShda 1979 yilda ro`y bergan ilk to`liq Quyosh tutilishidan keyingi ikkinchi hodisadir. Bundan bir asr ilgari 1918 yilda ham AQShda Quyosh to`liq tutilgan edi.
Mazkur tabiat hodisasini hisobga olgan NASA odamlarni Quyosh tutilishi hodisasi ro`y berganda bajarilishi lozim bo`lgan xavfsizlik choralari haqida ogohlantirdi. Uning tavsiya berishicha, Quyosh tutilgan paytda tomosha qilish uchun qo`lbola filtrlar yoki Quyoshdan himoya qiluvchi ko`zoynaklardan foydalanish mumkin emas.
Quyosh tutilishini tomosha qilmoqchi bo`lgan odam bir joyda turib, ko`ziga maxsus ko`zoynak taqishi lozim. Quyoshdan o`girilgandan keyingina maxsus ko`zoynaklarni echishlari lozim bo`ladi. Quyoshga qarab turgan paytda esa himoya vositasini ko`zdan olish mumkin emas.






