AsosiyDunyo

​EVROVIDENIE-2018 XALQARO QO`ShIQ TANLOVI O`TKAZILADIGAN ShAHAR NOMI MA`LUM BO`LDI

'​EVROVIDENIE-2018 XALQARO QO`ShIQ TANLOVI O`TKAZILADIGAN ShAHAR NOMI MA`LUM BO`LDI'ning rasmi

Portugaliya milliy televideniesi va Evropa teleuzatish ittifoqi Lissabonni Evrovidenie-2018 musiqiy tanlovi o`tkaziladigan shahar sifatida tanlashdi, deb xabar berdi News.mail.ru nashri.

Bundan tashqari qo`shiq tanlovining Twitter rasmiy sahifasida tadbirga bag`ishlangan videorolik paydo bo`ldi.

Tashkilotchilarning xabar berishicha, tanlovning yarim final bosqichi 8 va 10 mayda, final bosqichi esa 12 mayda bo`lib o`tadi. Portugaliya Salvador Sobralning Kievda o`tkazilgan Evrovidenie-2017 qo`shiq tanlovida g`olib chiqqanligi tufayli xalqaro qo`shiq tanlovining mezboniga aylandi.

    Boshqa yangiliklar