Turinning «Yuventus» klubi «Fiorentina»ning hujumkor yarimhimoyachisi Federiko Bernardeski transferini e`lon qildi. Bu haqda klubi rasmiy sayti xabar ma`lum qilmoqda.
Turinliklar rasmiy manbasi futbolchi transferi 40 mln evroni tashkil qilganini ham ochiqlagan. Shuningdek, «Fiorentina» futbolchining 10 foiz transfer huquqiga ham egalik qiladi. Agar turinliklar uni sotsa aynan 10 foizini florensiyaliklarga to`lab berishi mumkin bo`ladi. Lekin bu summa 5 mln. evrodan oshmasligi zarur.
Bernardeski «Yuventus» bilan 2022 yilgacha mo`ljallangan shartnoma imzoladi. O`tgan mavsumda 23 yoshli Bernardeski A Seriyaning 32 urashuvida 11 gol kiritgan va 4ta golli uzatmani amalga oshirgan.






