14.08.2013 22:59
AQShda eng xavfli kasblar e`lon qilindi
Ma`lum bo`lishicha, ushbu kasb vakillari boshqalariga qaraganda tez-tez o`limga olib keluvchi jarohatlarni olar ekan. AQSh Mehnat statistikasi byurosining ma`lumotlariga ko`ra, 2011 yilda 100 ming ishchiga o`limga olib kelgan o`rtacha 3,5 ta jarohat to`g`ri kelgan.
Bu 1933 yilgi ko`rsatkichlar bilan solishtirganda ancha past ko`rsatkich hisoblanadi. O`sha paytda ish joyida 100 mingta odamdan 37 tasi halok bo`lgan. Biroq hozir ham ayrim kasb vakillari ishda nobud bo`lish xavfiga ega.
Bunday kasblar ro`yxatiga konchi, quruvchi, turarjoylarni tozalovchi ishchi, qurilish texnikasi operatori, chiqindi yig`uvchi va hatto fermer ham kirgan. Biroq Amerikada baliqchilik kasbi eng xavfli kasb bo`lib chiqdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 100 mingta ishchiga 127,2 ta o`limga olib keluvchi jarohat olgan ishchi to`g`ri kelar ekan. Bundan tashqari, ro`yxatdan o`rmon kesuvchilar, uchuvchilar, tunukachilar, metall konstruksiyalarni yig`uvchilar, yuk mashinasi haydovchilari, kirakashlar va elektriklar ham o`rin olgan.





