O`zbekistondagi bir qator haydovchilardan foto va video kuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan qoidabuzarlik uchun jarimalarni to`lash tizimining yaxshi yo`lga qo`yilmaganligi yuzasidan shikoyatlar kelib tushmoqda.
Xususan, jarimani to`lab bo`lib ham qoidabuzarlik yuzasidan chiqarilgan Qaror yopilmagani va shu sababdan YPX postlarida haydovchini qarzdor sifatida chiqarib berish holatlari uchrab turibdi.
IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bunday holatlardan qanday chiqish mumkinligi yuzasidan o`z tavsiyalarini berdi.
Shunday qilib, transport vositasi egasi yohud haydovchisi jarima qo`llanilganligi haqida qarorni qo`lga kiritgach jarimalarni quyidagi yo`llar bilan to`lashi mumkin:
- Payme to`lov tizimi yordamida, bu tizimda Qarorning raqamini ko`rsatish kifoya;
- dyhxx.uz Portali yordamida – bu holatda ham to`lov Payme xizmati yordamida amalga oshiriladi;
- to`lovchiga qulay bo`lgan bank bo`limida.
Bank kartasi bilan Portalda avtorizasiyadan o`tgan foydalanuvchilar uchun to`lov jarayoni saytda keltirilgan va uni qo`llash qiyinchilik tug`dirmaydi.
JARIMANI BANK BO`LIMIDA QANDAY QILIB TO`G`RI TO`LASh MUMKIN – IIV YXXBBDAN TAVSIYaLAR.
- Jarimani to`lash uchun to`lovchining qo`lida jarima qo`llanilganligi haqidagi Qaror bo`lishi zarur. Hech bo`lmaganda, kassirga Qarorning raqamini ko`rsatish lozim. Aynan ushbu raqam bilan tizim qanday jarima va qaysi avtomobil uchunligini aniqlaydi.
- To`lov vaqtida kassir bilan birga bank va g`azna hisob raqamlarini tekshiring (20-xonali va 25-xonali hisob raqamlar), summa va Qaror raqami.
Ya`ni kassir to`lovni amalga oshirayotganda to`lov tafsilotlarida 25-xonali g`azna hisob raqamini, Qaror raqamini va jarima kimga qo`llanilganligi haqidagi ma`lumotlarni tekshirishi lozim.
- Jarima summasi to`langanidan so`ng tegishli qaror darhol yopilishi lozim. Jarima to`langanlik holatini dyhxx.uz portalida tekshirish mumkin.
- Hammasi to`g`ri to`langan, ammo Qaror yopilmagan holatida bank bo`limiga qayta tashrif buyurib, to`lov kvitansiyasi va to`lovni tasdiqlaydigan hujjatlarni ko`rsatish lozim. Bank xodimi to`lovning to`g`ri o`tganligini tekshirishi, bank tomonidan biror xatoga yo`l qo`yilganligi yoki yo`qligini tekshirib, uni to`g`rilashi lozim.






