AsosiyDunyo

ARGENTINADA KUChLI SOVUQ OQIBATIDA 7 KIShI HALOK BO`LDI

'ARGENTINADA KUChLI SOVUQ OQIBATIDA 7 KIShI HALOK BO`LDI'ning rasmi

Argentinada kutilmagan sovuq oqibatida etti kishi qurbon bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

OAVlar bergan ma`lumotga ko`ra, seshanba kuni qattiq sovuq tufayli Neuken va Misones provinsiyalarida ikki kishi vafot etgan. Sovuqda qurbon bo`lganlarning ikkalasi ham keksa kishilardir. Yana 5 kishi qahratondan sovuq qotib o`lgan.

Mar-del-Plati, Rafaeli, Xunin-de-Los-Andes, La-Plati va Kordobi aholisi orasida uyni isitish uchun pechka yoqqanda is gazidan zaharlanib o`lganlar bo`ldi. Argentinaga o`tgan haftada sovuq havo oqimi yopirildi. San-Karlos-de-Bariloche shahrida havo sovuqligi bo`yicha rekord daraja qayd etildi. Mazkur shaharda havo harorati 25,4 daraja sovuq bo`ldi.


    Boshqa yangiliklar