AsosiyDunyo

​FILIPPIN PREZIDENTINING QO`RIQChILARIGA JANGARILAR HUJUM QILDI

'​FILIPPIN PREZIDENTINING QO`RIQChILARIGA JANGARILAR HUJUM QILDI'ning rasmi

Filippinning janubiy qismidagi Kotabato provinsiyasida jangarilarning Filippin prezidenti qo`riqchilariga qilgan hujumi oqibatida etti kishi jabrlandi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.

Filippin generali Gilbert Gapayaning so`zlariga qaraganda, halok bo`lganlar haqida ma`lumot yo`q. Mahalliy polisiyaning xabar berishicha, voqea yuz berganda prezident qo`riqchilari Arakan va Davao shaharlari oralig`ida bo`lgan. Jangarilar ularni tuzoqqa tushirmoqchi bo`lgan.

Guruh prezident Rodrigo Duterte rejalashtirgan tashrifdan ilgari xavfsizlikni tekshirish maqsadida Kagayan-de-Oro shahriga yo`l olgan. Duterte Filippin kongressini mamlakat janubidagi harbiy holatni saqlashga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar