Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Pol Robinson futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda BBC’ga asoslangan holda Sports.uz nashri ma`lum qilmoqda.
37 yoshli futbolchi “Lids”da boshlagan va shundan so`ng uzoq yillar davomida “Tottenxem” sharafini himoya qilgan. Keyinroq u “Blekbern”da o`ynadi va so`nggi mavsumni “Byornli”da o`tkazdi.
Robinson Angliya terma jamoasi safida 40 ta o`yin o`tkazgan. U “Tottenxem” safida “Uotford” darvozasiga uzoqdan gol urishga muvaffaq bo`lgandi. Shu bilan birga Xorvatiyaga qarshi o`yinda Robinson o`z darvozasidan sharmandali gol o`tkazgan.






