“Manchester Siti” klubi darvozaboni Jo Xart faoliyatini “Vest Xem”da davom ettiradi. Bu haqda London klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
30 yoshli futbolchi “bolg`achilar” safida ikki mavsum ijara asosida to`p suradi. OAV xabarlariga ko`ra, “shaharliklar” Xart maoshining bir qismini to`lashi aytilmoqda.
Ma`lumot uchun, Jo Xart yakunlangan mavsumda Italiyaning “Torino” jamoasi safida ijara asosida to`p surdi. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi.






