Qozog`iston chempioni "Ostona" klubi EChL turniri ikkinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida Latviya chempioni "Spartak" jamoasiga qarshi maydonga tushib 1:1 hisobida durang o`ynadi.
Uchrashuvning 59-daqiqasida Patrik Tvumasi "Ostona"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo`lsa, Edgar Vardanyan 72-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Birinchi uchrashuvda qozog`istonliklar "Spartak"ni 1:0 hisobida mag`lub etgandi.
Natijada "Ostona" jamoasi uchinchi saralash raundiga yo`llanma oldi. Qozog`iston klubining keyingi bosqichdagi raqibi "Mariexamn" (Finlyandiya) — "Lehiya" (Polsha) juftligi g`olibiga qarshi maydonga tushadi.






