16 iyul, yakshanba kuni taxminan soat 5:00da Toshkent shahrining Sergeli tumani hududida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.

Facebook’dagi "Voditeli Tashkenta" guruhida berilgan fotoxabarga ko`ra, katta tezlikda harakatlangan "Spark" rusumli avtomobil halokatga uchragan va tanib bo`lmas holatga kelgan. Avtomobil ichidagi uch kishi voqea joyida halok bo`lgan.
Hodisa qanday yuz bergani noma`lum. Boshqa jabrlanuvchilar haqida ma`lumotlar yo`q.






