AsosiySport

Rasman! “Milan” o`z safini yana bir futbolchi bilan to`ldirdi

'Rasman! “Milan” o`z safini yana bir futbolchi bilan to`ldirdi'ning rasmi

Italiyaning “Milan” klubi “Atalanta” himoyachisi Andre Kontini o`z safiga qo`shib oldi. Bu haqda milanliklarning “Tvitter”dagi rasmiy sahifasida ma`lum qilindi.

23 yoshli futbolchi endi klubning mashg`ulot bazasiga tibbiy ko`rikdan o`tish va shartnoma imzolash uchun boradi.

Ma`lumot uchun, yakunlangan mavsumda Konti “Atalanta” safida 35 ta o`yinda maydonga tushdi va 8 ta gol kiritib, 5 ta golga assistentlik qildi.

Boshqa yangiliklar