AsosiySport

Futzal bo`yicha Osiyo chempionati–2018 saralash bosqichiga qur`a tashlandi

'Futzal bo`yicha Osiyo chempionati–2018 saralash bosqichiga qur`a tashlandi 'ning rasmi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bugun, 6 iyul kuni futzal bo`yicha 2018 yilgi Osiyo chempionatiga qur`a tashlandi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

Unga ko`ra, O`zbekiston futzal termasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi “A” guruhidan joy oldi va OCh final bosqichi uchun Qirg`iziston, Turkmaniston hamda Nepal termalariga qarshi bahs yuritadi. Markaziy, G`arbiy va Janubiy Osiyo mintaqasining saralash o`yinlari shu yilning 13–22 oktyabr kunlari bo`lib o`tadi. Mezbon mamlakat vakili keyinroq e`lon qilinadi.

Markaziy va Janubiy hamda G`arbiy Osiyo mintaqasining saralash o`yinlari shu yilning 13–22 oktyabr kunlari bo`lib o`tadi. Mezbon mamlakat vakili keyinroq e`lon qilinadi. Sharqiy Osiyo mintaqasi saralash bosqichi bellashuvlari esa 1–11 noyabr kunlari o`tkaziladi.

Qayd etish joiz, saralash bosqichida jami uchta — Sharqiy, Markaziy va Janubiy hamda G`arbiy Osiyo mintaqasidan 22 terma jamoa 6 guruhga bo`lingan holda ishtirok etadi. Guruhlarda 1–2 o`rinlarni egallagan 12 terma jamoa OCh final yo`llanmasiga ega bo`ladi.

Bundan tashqari, Janubi-sharqiy Osiyo futbol feredasiyasi — ASEAN tashkilotga a`zo mamlakatlar o`rtasida shu yilning 23 oktyabr — 3 noyabr kunlari mintaqa chempionatini o`tkazadi. Unda ikkita guruh ishtirok etadi va unda 1–2 o`rinlarni egallagan jami terma jamoa OCh final bosqichiga yo`l oladi.

Futzal bo`yicha OCh final bosqichi 2018 yilning 6–18 fevral kunilari bo`lib o`tadi. Unda jami 16 terma jamoa qatnashadi.

Boshqa yangiliklar