Prezidentning Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risidagi farmonida “Yoshlar” teleradiokanali” AJ faoliyatini kuchaytirish ko`zda tutilgan.
Ayni mana shu maqsadda uning 50 foiz aksiyalari O`zbekiston yoshlar ittifoqiga beriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari har oyda kamida bir marta yoshlar bilan ochiq muloqotlarni o`tkazib borish amaliyoti joriy etiladi.
Xalqaro press-klubning yoshlar siyosatiga bag`ishlangan 3 iyuldagi anjumanida O`zMTRKning “Yoshlar” telekanaliga Prezident tomonidan tayinlangan yangi rahbari — O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov telekanalda qanday o`zgarishlar bo`lishi haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashib, telekanalni juda katta o`zgarishlar kutayotganini ma`lum qilgandi.






