Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Fernando Torres yana bir mavsum “matraschilar” bilan qoladigan bo`ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma`lum qildi.
Fernando Torres “Atletiko” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 11 yoshidan boshlab mana shu klub akademiyasida shug`ullanib kelgan. 2000-2001 yilgi mavsumda esa birinchi marta jamoaning asosiy tarkibida debyut qilgan. Shundan so`ng Torres olti mavsum Angliyada to`p surdi (“Liverpul” va “Chelsi” jamoalarida).
Mana so`nggi 2,5 yilni u yana o`zining qadrdon “Atletiko”sida o`tkazmoqda. U o`gan davr mobaynida madridliklar tarkibida o`z hisobiga 28ta gol yozdirib qo`yishga erishgan.






