Xitoyda soatiga 75,6 kilometr tezlikda harakatlanuvchi lift ishga tushirildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Mazkur lift Xitoyning janubiy qismida joylashgan Guanchjoudagi CTF Finance Center moliya markazi binosiga o`rnatildi.
Nashrning xabar berishicha, ultratezlikda harakatlanuvchi lift Yaponiya kompaniyasi tomonidan yaratilgan. U 25 soniyada balandligi 500 metr bo`lgan moliya markazining tomiga “uchib” chiqa oladi.
Liftning tezligi soatiga 75,6 kilometr ekanligi sinov paytida aniqlandi. Kundalik ekspluatasiya jarayonida lift sal sekinroq harakat qiladi. Ilgari Shanxay osmono`par binosiga o`rnatilgan lift eng tezyurar lift hisoblanardi. Mazkur lift soatiga 69 kilometr tezlikda harakat qilgan.






