AsosiyJamiyat

​O`zbekistonda siyosiy boshpana berish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi

'​O`zbekistonda siyosiy boshpana berish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-5060-sonli farmoni bilan O`zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqladi.

Bu haqda Davlatimiz rahbarining rasmiy sayti xabar berdi.

Xalqaro huquqning umume`tirof etilgan tamoyillari va normalariga amal qilgan holda, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 22-bandiga muvofiq siyosiy boshpana berish masalasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan hal etiladi.

O`zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga O`zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini inobatga olgan holda, xalqaro huquqning umume`tirof etilgan tamoyillari va normalariga asosan, O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari hamda ushbu Nizomga muvofiq beriladi.

O`zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana o`zining fuqaroligi bo`yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e`tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta`qib qilinayotgan yoki ta`qib qilishning jabrlanuvchisi bo`lishiga real tahdiddan, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaxslarga va ularning oila a`zolariga beriladi.

O`zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan shaxs va uning oila a`zolari O`zbekiston Respublikasi hududida O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan O`zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquq va erkinliklardan foydalanadi hamda majburiyatlarga ega bo`ladi.

Farmonda Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda O`zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish uchun murojaat qilgan chet el fuqarolari

va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning biometrik ma`lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Boshqa yangiliklar