AsosiySport

O`zbekistonlik futzalchi eng yaxshi to`purarga aylandi

'O`zbekistonlik futzalchi eng yaxshi to`purarga aylandi'ning rasmi

Kecha futzal bo`yicha tarixda ilk bor o`tkazilgan U-20 Osiyo chempionati o`z nihoyasiga etdi. Musobaqa yakunida eng yaxshilar taqdirlandi.

Unga ko`ra, O`zbekiston U-20 terma jamoasi hujumchisi Akbar Usmonov musobaqa to`purari degan nomga sazovor bo`ldi. Akbar Osiyo chempionati davomida raqiblar darvozasiga jami 13ta to`p kiritdi.

Undan keyingi o`rindagi Afg`oniston U-20 terma jamoasi a`zosi Javad Haidari esa 10ta gol urdi. Eslatib o`tamiz, O`zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo chempionatida 4-o`rinni qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar