AsosiyDunyo

​Afinada portlash oqibatida sobiq bosh vazir va uning to`rt mulozimi jabrlandi

'​Afinada portlash oqibatida sobiq bosh vazir va uning to`rt mulozimi jabrlandi'ning rasmi

Gresiyaning sobiq bosh vaziri Lukas Papadimosning avtomobili portlashi oqibatida unga hamrohliq qilayotgan to`rt mulozimi jabrlandi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Siyosatchi va unga hamrohlik qilgan mulozimlari portlash oqibatida yaralanib, kasalxonaga yotqizildi.

Mahalliy OAVlar bergan xabarga ko`ra, mina solingan paket portlagan. Uni avtomobil salonida bolgan sobiq vazirning o`zi ochib ko`rgan. Sobiq vazirning qo`li va qorin qismi jarohatlangan. Uning shaxsiy haydovchisi va qo`riqchilari ham yaralangan, to`rtinchi odam kimligi haqida ma`lumot berilmadi.

Portlash avtomobil Afina ko`chalaridan birida harakatlanayotganda ro`y berdi. Avtombil zirhlangani uchun uning oynalari portlashdan shikastlanmadi. Xavfsizlik yostiqlari ishlab ketib, salondan tutun chiqdi. Portlash vaqtida Papadimosning avtomashinasini polisiya qo`riqlab ketayotgan edi. Mazkur portlash terakt, deb taxmin qilinmoqda. Gresiyaning anarxistik va terrorchilik guruhlari so`nggi paytlarda xalqaro valyuta fondi va nemis siyosatchilariga bomba solingan posilkalar yuborgan.

Lukas Papadimos 2011 yilning noyabr oyidan boshlab, hukumatning texnika sohasiga rahbarlik qildi, u iste`foga chiqqach, ayni moliyaviy va iqtisodiy inqiroz yuz bergan vaqtda o`rniga Georgios Papandreu saylandi. U mazkur lavozimda 2012 yilning may oyigacha ishladi.

Boshqa yangiliklar