2017 yilning 13 may kuni soat 10 larda, o`zini “Shodmonova Shaxrina Alisher qizi” deb tanishtirgan shaxs, Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshkarmasining “
3 qavatida 2 nafar hijob o`ragan ayollar, ushbu binoda “BOMBA” borligi haqida gaplashayotganliklarini eshitib kolganligi xakida xabar bergan.
Mazkur xabar asosida Ichki Ishlar Vazirligi, Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshkarmasi va boshka maxsus xizmatlarning xodimlari “Megaplanet” gipermarketiga zudlik bilan etib borib, o`rnatilgan tartibda fuqarolarni binodan evakuasiya kilib, maxsus vositalar bilan tekshirilganida, binoda portlovchi moddalar yo`qligi aniqlangan.
Bundan tashkari, 2017 yilning 14 may kuni soat 11 larda, o`zini “Shodmonova Shaxrina Alisher qizi” deb tanishtirgan shaxs, takroran Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshkarmasining “
Xabar asosida Ichki Ishlar Vazirligi,Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshkarmasi va boshka maxsus xizmatlar xodimlari “Makro-Samarqand darvoza” gipermarketiga zudlik bilan etib borib, o`rnatilgan tartibda fuqarolarni binodan evakuasiya qilib, maxsus vositalar bilan tekshirilganida, binoda portlovchi moddalar yo`qligi aniqlangan.
Olib borilgan tergov-tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni muqaddam o`g`rilik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan
Aqmaral Isabekova ekanligi aniqlangan. Fuqaro Isabekovani g`ayriqonuniy harakatlari natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga jami bo`lib 40 mln. so`mdan ortiq moddiy zarar etkazilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, ya`ni bezorilik alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi.






