Afina shahri markazida namoyish o`tkazayotgan ikki ming nafar odam parlament binosi hududiga kirishga harakat qildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Manifestchilar polisiyachilarga qarata tosh, yonuvchi suyuqlik solingan shishalarni irg`itdi. Ularga javoban polisiyachilar ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishdi. To`polon oqibatida noma`lum askar yodgorligi yonidagi prezident gvardiyasining budkasi yonib ketdi. Namoyishchilar parlament binosida yangi iqtisodiy qonunlar qabul qilish yuzasidan o`tkazilayotgan majlisni buzishga harakat qilishdi. Mazkur majlisda maoshlar, pensiyalarni kamaytirish, shu bilan birga soliqni oshirish masalalari ko`rilayotgan edi.






