AsosiyDunyo

​Omskda maktab avtobusi poezd bilan to`qnashdi

'​Omskda maktab avtobusi poezd bilan to`qnashdi'ning rasmi

Rossiyaning Omsk viloyati Novovarshavsk tumanidagi temiryo`lni kesib o`tish joyida yuk poezdi maktab avtobusi bilan to`qnashdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Voqea oqibatida ikki kishi halok bo`ldi, bir kishi yaralandi. Maktab mikroavtobusida 10 nafar bola bo`lgan. Avtobus haydovchisi va bolalarga hamrohlik qilgan ayol vafot etgan. Bitta bola og`ir, qolgan bolalar esa turli darajada tan jarohati olishgan. Polisiya YTH sabablarini aniqlanmoqda.


Boshqa yangiliklar