Qatar Yulduzlar Ligasi 26-turida o`zbekistonlik futbolchilar Temurxo`ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov to`p suradigan “As-Sayliya” o`z maydonida “Al-Vakra” futbolchilarini qabul qildi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda “As-Sayliya” 3:1 hisobida zafar quchdi. Temurxo`ja Abduxoliqov dubl qayd etishga muvaffaq bo`ldi. Sanjar Shoahmedov o`yinni asosiy tarkibda tushmagan bo`lsa-da, 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Qatar Yulduzlar Ligasi, 26-tur
“Al Sayliya” – “Al Vakra” 3:1
Gollar: Temurxo`ja Abduxoliqov (24, 85), Muhammad Muttazar (63) – Ahmad Fadel (38)






