“Real” jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu Evropa Chempionalar ligasi chorak final dastlabki uchrashuvlari orasida o`tkazilgan o`yinlardan keyin haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Da`vogarlar orasida “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala, “Monako”ning iqtidorli futbolchisi – 18 yoshli Kilian Mbappe va “Atletiko” forvardi Antuan Grizmann bor edi.
Portugaliyalik futbolchi “Bavariya”ga qarshi (2:1) o`yinda dubl muallifi bo`lib, evrokuboklarda 100 ta gol kiritgan birinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi. Dibala va Mbappe ham raqiblariga qarshi o`yinda dubl qayd etgandi. Grizmann esa 1 ta gol urgandi.






