AsosiyDunyo

​Tayvanda samolyot qo`nish vaqtida to`siqqa kelib urildi

'​Tayvanda samolyot qo`nish vaqtida to`siqqa kelib urildi'ning rasmi

Tayvanning Daily Air aviakompaniyasiga tegishli kichkina DHC6-400 turbovintli samolyoti qo`nayotganda to`siqqa kelib urildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Oqibatda to`rt kishi engil jarohatlandi. Voqea payshanba kuni Lanyuy shahar aeroportida bo`ldi. Hodisa paytida samolyot bortida 17 nafar yo`lovchi va ekipajning ikki a`zosi bo`lgan.

Daily Air aviakompaniyasi bo`lib o`tgan voqea uchun uzr so`rab, har bir yo`lovchiga 165 dollardan tovon puli to`lashini ma`lum qildi. Hozircha voqea sababi noma`lum, samolyotning qo`nishiga kuchli shamol sabab bo`lgan, deb taxmin qilinmoqda.

Boshqa yangiliklar