AsosiyDunyo

​Vagon kuzatuvchisi yo`lovchi poezdda unutib qoldargan 2 million tengeni qaytardi

'​Vagon kuzatuvchisi yo`lovchi poezdda unutib qoldargan 2 million tengeni qaytardi'ning rasmi

Astana-Aktobe poezdi vagon kuzatuvchisi yo`lovchi poezdda unutib qoldirgan 2 million tengeni egasiga qaytardi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

№16 vagon kuzatuvchisi Erjan Ardenov kupedagi matras tagidan 2 million tenge va bank kartasi solingan hamyonni topdi. U poezd boshlig`i bilan birgalikda dalolatnoma tuzib, mazkur topilmani egasiga to`liqligicha qaytardi.

Kompaniyaning xabar berishicha, poezd yo`lovchilari nafaqat pul va hujjatlarni, balki qimmatbaho buyumlarni, mobil telefonlarni, noutbuk, soat va boshqa narsalarni ham unutib qoldiradi. Yil boshidan beri poezdda unutib qoldirilgan 18 ta fakt aniqlanib, barcha buyumlar egasiga qaytarilgan. “Aslida yo`lovchi tashish qoidalariga muvofiq poezd brigadasi yo`lovchilarning shaxsiy buyumlari, yuklariga javob bermaydi. Shuning uchun yo`lovchilardan kelajakda e`tiborliroq bo`lishni iltimos qilamiz”, dedi kompaniya vakili.

Boshqa yangiliklar