Xabarovskdagi savdo markazlaridan biriga yo`lbars kirdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Mazkur voqea aks etgan videoni savdo markazi qorovullaridan biri ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Yirtqich binoga kirib, lift tomonga yo`l olgandan keyin ham qorovullar undan qo`rqmay, videoga olishni davom ettirganlari diqqatga sazovordir.
Yirtqich hayvonning shahar markaziga qanday kelib qolgani, odamlarning hayvon tutuvchi maxsus xizmatga qo`ng`iroq qilmagani noma`lumligicha qolmoqda.






