AsosiyDunyo

​It hayvonlar davolanadigan shifoxonadan eshiklarni o`zi ochib, qochib ketdi (Video)

'​It hayvonlar davolanadigan shifoxonadan eshiklarni o`zi ochib, qochib ketdi (Video)'ning rasmi

Hayvonlar shifoxonasida davolanayotgan it eshiklarni o`zi ochib, kasalxonadan qochib ketdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

10 aprel kuni AQShning Virjiniya shtatidagi Stafford shahridagi Aquia-Garrisonville Animal Hospital nomli hayvonlar shifoxonasidan General laqabli it qochib ketdi. Shunisi qiziqqi, it eshik tutqichlarini tumshug`i bilan burab ochgan.

Ertasi kuni kasalxona xodimlari itning hovlida dam olib yotganligini ko`rishdi. It egasiga qaytarildi.


    Boshqa yangiliklar