Rossiya va O`zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoevning RF tashrifi doirasida ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirishga yo`naltirilgan bir qator hujjatlar imzolaydi.
Bu haqda RF Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Moskvada O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv chog`ida ma`lum qildi. Uning so`zlariga ko`ra, davlat tashrifi doirasida imzolanishga tayyorlanayotgan hujjatlar sifatli bo`lishi hamda O`zbekiston va Rossiyani hamkorlikka chorlashi lozim.
“Uchrashuvimiz Prezident Shavkat Mirziyoevning davlat tashrifi oldidan o`ziga xos tayyorgarlik vazifasini o`tab bermoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasiga davlat tashrifi doirasida hamkorlikning turli yo`nalishlari bo`yicha bir qator hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan”, - deya qayd etdi Medvedev.
“O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning davlat tashrifigacha bunday ko`lamdagi hujjatlar paketi imzolanishiga to`siq bo`lishi mumkin bo`lgan barcha masalalarni hal etishimiz lozim. Imzolanadigan barcha hujjatlar davlatlarimiz o`rtasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqish uchun zamin yaratishi maqsadga muvofiq. Jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlik, energetika, transport va qishloq xo`jaligi sohalaridagi qo`shma loyihalarni amalga oshirish masalalari, shuningdek, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarga aloqador”, - deya qayd etdi Abdulla Aripov.
O`z o`rnida O`zbekiston bosh vaziri rossiyalik hamkasbiga mehmondo`stlik hamda prezident Shavkat Mirziyoevning tashrifidan avval barcha tayyorgarlik ishlarini muhokama qilib olish imkoniyatini taqdim etgani uchun minatdorchilik bildirdi.






