O`zbekiston futbol Federasiyasi shu yilning 29 mart kuni Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) ayollar kuniga bag`ishlangan an`anaviy futbol festivalini tashkil qiladi.
O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, festivalda Toshkent shahrining turli go`shalaridan 10 yoshgacha bo`lgan 200 nafardan ortiq qizlar ishtirok etadi.
An`anaviy ayollar futboli festivali O`zbekiston futbol Federasiyasidagi sun`iy qoplamali maydonida bo`lib o`tadi. Musobaqa 9:00 da start olishi ko`zda tutilgan.






