AsosiyShou-biznes

​Rayhon va Munisa “Bor yoki yo`q” qo`shig`iga klip suratga oldirmoqda(Foto)

'​Rayhon va Munisa “Bor yoki yo`q” qo`shig`iga klip suratga oldirmoqda(Foto) 'ning rasmi

Xonandalar Rayhon va Munisa Rizaevalar birgalikda kuylagan “Bor yoki yo`q” deb nomlangan qo`shiqlariga klip suratga oldirmoqda.

Videoklip suratga olish ishlari 26 mart kuni boshlandi. Klipni Nozim Jumaev suratga olmoqda. Liboslar Lidiya Andrega tegishli. Video ketma-ketlikda yaqin dugonalar Rayhon va Munisaning bir xil ya`ni tillarang libos kiyganini ko`rish mumkin.

“Bor yoki yo`q” klipi qachon muxlislar e`tiboriga havola etilishi hozircha noma`lum.

Ma`lumot uchun, Rayhon va Munisa ijrosidagi mazkur duet Rayhonning konsertida muxlislar tomonidan iliq kutib olingan va omadli duetlardan biri, deya e`tirof etilgan edi.





Boshqa yangiliklar