O`zbekiston milliy terma jamoasi hamda Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisov mamlakat termasining Qatarga qarshi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 7-turida ishtirok eta olmaydi.
Bu haqda O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Qatarga qarshi o`yin oldidan o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qildi, deya xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.
Tajribali himoyachi 18 mart kuni “Spartak” jamoasiga qarshi (1:1) Rossiya chempionati 20-turida jarohat olgandi va Suriyaga qarshi (0:1) o`yinni o`tkazib yuborganadi. Ayni vaqtda Denisov tiklanish jarayonini o`tkazmoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi 28 mart kuni Toshkentda Qatar terma jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tishi va 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.






