Janubiy Amerika qit`asidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 13-turida Braziliya terma jamoasi safarda Urugvay bilan o`zaro bahs olib borib, 4:1 hisobida irodali g`alabaga erishdi.
Sports.uz nashrining ma`lum qilishicha, Bu braziliyaliklar uchun Tite boshqaruvidagi qatorasiga ettinchi muvaffaqiyat bo`ldi va Braziliya terma jamoasi 1970 yilda Joao Saldanya boshchiligida o`rnatilgan rekordni yangiladi.
O`shanda ular qatorasiga 6 o`yinda g`alaba qozonishgan edi. Ayni damda Braziliya 13-turdan keyin 30 ochko bilan guruhda birinchi o`rinda bormoqda.






