O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqiblari – Qatar va Eron “A” guruhi 6-turida o`zaro bahs olib bordi.
Doha shahridagi Jassim Bin Hamad Stadium maydonida o`tgan o`yinda Karlush Keyrush shogirdlari 1:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga 52-daqiqada Mehdi Tameri mualliflik qildi.
Eron terma jamoasi ochkolari sonini 14 taga etkazib oldi va “A” guruhida peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikinchi, O`zbekiston esa 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda.
JCh–2018 saralashi, 6-tur
Doha, Qatar
23 mart, payshanba
Qatar – Eron 0:1
Gol: Mehdi Tameri (52)
Ogohlantirishlar: Pedro Migel (45) Bualem Xuki (86) – Milad Muhammadi (6), Mehdi Taremi (86), Alirizo Beyranvand (87).







