“Atletiko Madrid” jamoasi klub darvozaboni Migel Anxel Moyya bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda AS nashri ma`lum qildi.
32 yoshli ispaniyalik futbolchining yangi kelishuv muddati 2018 yilga qadar mo`ljallangan. Avvalgi bitim muddati kelayotgan yozda o`z nihoyasiga etardi.
Migel Anxel Moyya “Atletiko” safida 2014 yildan buyon to`p surib kelmoqda va jamoaning muvaffaqiyatlariga o`z hissasini qo`shmoqda.






