AsosiyDunyo

​London Parlament binosi oldida otishma sodir bo`ldi

'​London Parlament binosi oldida otishma sodir bo`ldi'ning rasmi

Londonda Parlament binosi yonida noma`lum shaxs atrofdagilarga qarata o`q uzdi.

Britaniya OAVlarining xabar berishicha, otishma oqibatida 10 dan ortiq kishi yaralandi. Polisiya voqea joyini o`rab oldi. Vestminster metro bekati yopiq.

Parlament faoliyati to`xtatilgan.

Sky News telekanali bergan ma`lumotlarga ko`ra, otishma Vestminster ko`prigi ustida sodir bo`lgan. Hodisa joyida vertolyot aylanmoqda. Huquq-tartibot organlari hodisani terakt deb atadi.

Hodisa joyiga tez yordam mashinalari etib keldi.

Shuningdek shu vaqtda Vestminster ko`prigida parlamentariylar derazalari ostida avtomobil bir necha kishiga hujum qilgan, buning oqibatida besh kishi halok bo`lgan. O`ndan ortiq kishi yaralangan.

Boshqa yangiliklar