AsosiyDunyo

​Jirinovskiy prezident saylovida g`alaba qozonsa, ommaviy amnistiya e`lon qilishga va`da berdi

'​Jirinovskiy prezident saylovida g`alaba qozonsa, ommaviy amnistiya e`lon qilishga va`da berdi'ning rasmi

Vladimir Jirinovskiy Rossiyada 2018 yilning mart oyida o`tkazilishi rejalashtirilgan prezident saylovida g`alabaga erishsa, hammaga ommaviy tarzda amnistiya e`lon qilishga va`da berdi, deb xabar qildi Ria.ru nashri.

“2018 yilning mart oyida o`tkazilishi rejalashtirilgan, 18 marotaba bizning ovozimiz shart emasligi ta`kidlangan saylovda g`alabaga erishsam, ommaviy amnistiya e`lon qilib, siyosiy, iqtisodiy, jinoiy, moliyaviy jinoyatlarni sodir etgan jinoyatchilarni avf etaman. Qamoqxonada faqat qotillar, firibgarlar, giyohvand moddasi savdosi bilan shug`ullanuvchilar va yirik o`g`rilar qoladi. Qolganlar esa ozod qilinadi. Ular jarima to`lashga yoki uy qamog`iga hukm qilinadilar. Shunda bugungi kunda qamoqda o`tirgan 650 ming nafar mahbusdan 200 ming nafari qoladi”, deb ma`lumot berdi Jirinovskiy jurnalistlarga bergan intervyusida.

Rossiya liberal demokratik partiyasi vakillari palataga Qrimning Rossiya tarkibiga kiritilganining uch yilligi munosabati bilan amnistiya e`lon qilish loyihasini taqdim etgan edi. Ammo mazkur loyiha palata tomonidan ma`qullanmadi.

Jirinovskiy bundan tashqari mamlakatning issiq hududlarida tushlik vaqtini ikki soatga uzaytirish taklifi bilan ham chiqdi. Uning aytishicha, kunning issiqligida odam baribir ishlamaydi, balki salqin joy qidiradi. “Buni ish kunini qisqartirmasdan amalga oshirish mumkin. Ular oltigacha emas, balki kechki soat ettigacha ishlashadi”, deb qo`shimcha qildi Jirinovskiy.

Boshqa yangiliklar