2017 yilning 13-15 mart kunlari Moskva shahrida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegasiyasi inventarizatsiya va ikki tomonlama munosabatlarning shartnoma-huquq bazasini mukammallashtirish bo`yicha O`zbekiston-Rossiya vazirliklararo maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.
Rossiya delegasiyasiga Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari uchinchi departamenti rahbari o`rinbosari Evgeniy Terexin boshchilik qildi.
Maslahatlashuvlar chog`ida O`zbekiston va Rossiya tomonlaridan ko`rib chiqilayotgan va bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvda imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.






