AsosiyJamiyat

​Prokurordan 15 ming dollar pul talab qilgan qariya 3 yilga qamaldi

'​Prokurordan 15 ming dollar pul talab qilgan qariya 3 yilga qamaldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi 65 yoshli qariya tuman prokuroridan 15 ming dollar pul talab qildi, deb xabar beradi “1news.uz”.

“Huquq” nashri xabariga ko`ra, qariya tuman elektr korxonasi ustidan prokurorga shikoyat qilgan, prokuratura shikoyatni o`rganib, qonuniy hal etgan. Biroq shikoyat yozish orqali odamlardan pul undirishga odatlangan qariya bu gal moddiy manfaat ko`rmagan.

Shu bois u elektr korxonasini qonuniy tekshirmadi degan da`vo bilan tuman prokurori ustidan shikoyat yoza boshlagan. Shikoyatlarni to`xtatish evaziga esa tuman prokuroridan 15 ming dollar talab qilgan.

Qayd etilishicha, 65 yoshli fuqaro vositachi orqali 5 ming dollar olayotganda huquq organlari tomonidan ushlangan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Muborak tumani sudi fuqaroga 3 yil ozodlikdan cheklash va eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima tayinlagan.

    Boshqa yangiliklar