AsosiyDunyo

​Turkiyada sayyohlar mingan havo shari halokatga uchradi

'​Turkiyada sayyohlar mingan havo shari halokatga uchradi'ning rasmi

Turkiyada sayyohlar mingan uchta havo shari kuchli shamol oqibatida halokatga uchradi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Voqea 14 mart kuni Turkiyaning markaziy qismida ro`y berdi. Evropa va Xitoydan tashrif buyurgan sayyohlar mingan o`nlab havo sharlari ularni Kappadokiya viloyatidan olib kelayotgan edi. Ammo birdan shamol ko`tarilib, yomg`ir yog`ishi oqibatida bir nechta havo shari favqulodda qo`nishni amalga oshirishga majbur bo`ldi. To`qqiz nafar sayyoh sinish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi, qolganlari esa engil tan jarohati oldi. Hodisa oqibatida umumiy hisobda 50 nafarga yaqin odam jarohat oldi.

Boshqa yangiliklar